Yangiliklar

AQSh Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotadi

Hozircha Yaqin Sharqda faqat Isroil ushbu samolyotlarga ega
AQSh Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotadi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishga rozilik berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qaror valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning Vashingtonga tashrifi arafasida e’lon qilindi. Saudiya 48 tagacha F-35 xarid qilishni so‘ragan bo‘lib, bitim milliardlab dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, F-35 dunyodagi eng ilg‘or, radarlardan yashirina oladigan qiruvchi samolyot hisoblanadi. Hozircha Yaqin Sharqda faqat Isroil ushbu samolyotlarga ega bo‘lib, ularning ko‘plab eskadrilyalarini shakllantirgan.

AQSh qurollarining eng yirik xaridori bo‘lgan Saudiya Arabistoni havo kuchlarini modernizatsiya qilish va mintaqaviy tahdidlarga, ayniqsa Eron xavfiga qarshi turishni maqsad qilgan. Biroq bitim Kongress tomonidan hali yana ko‘rib chiqiladi. Ayrim qonunchilar Riyod bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishga ehtiyotkorlik bilan qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Shveysariyaga qo‘yilgan bojlarni 39 foizdan 15 foizgacha kamaytirgani haqida xabar qilgan edik.