O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShda qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Tergovga ko‘ra, Bozorov internet orqali targ‘ibot olib borgan va ayrim shaxslarni ekstremistik guruhlarga jalb qilgan
Foto: Ijtimoiy tarmoq

AQShning Kansas shtatida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Axror Bozorov hibsga olindi. U O‘zbekistonda terrorchilik tashkilotiga aloqadorlik va jihodga da’vat qiluvchi onlayn-materiallar tarqatishda ayblangan.

Bozorovga nisbatan Toshkent 2022-yilda xalqaro qidiruv e’lon qilgan. AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari uni 9-noyabr kuni Kan­sasda qo‘lga olgan. Bozorov u yerda yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Bozorov 2023-yil fevralida mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. U chegarada ushlangan, biroq keyinchalik qo‘yib yuborilgan. 2024-yilda unga AQShda ishlashga ruxsat berilgan, shu yilning o‘zida Pensilvaniyada tijorat haydovchilik guvohnomasi ham olgan.

Hozirda AQSh rasmiylari uni immigratsiya qonunbuzarligi bo‘yicha javobgarlikka tortmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda bir sentlik penni tangasi ishlab chiqarilishi to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek