Binolar zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy xulosa to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-dekabrdan loyihalash jarayonida akselerogramma bazalari qo‘llaniladi
Binolarga beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi
Binolar zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy xulosa to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yil 1-fevraldan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa olish uchun undiriladigan to‘lov 50 foizga qisqartiriladi. Hukumat binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan loyihalash jarayonida hududlarning zilzila kuchini ko‘rsatadigan akselerogramma bazalari qo‘llaniladi. Shuningdek, bir xil loyiha seriyasiga bir marta to‘lov asosida xulosa beriladi, shu turdagi qolgan loyihalar uchun alohida to‘lov olinmaydi.

2027-yil 1-oktabrgacha MSK-64 shkalasi bo‘yicha sakkiz ball va undan yuqori seysmik zonalarda maxsus himoya talab etiladigan obyektlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ilmiy xulosalar «Shaffof qurilish» tizimiga to‘liq integratsiya qilinadi.

Avvalroq O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida zilzilalarni prognoz qilish amaliyoti joriy etilishi haqida prezident farmoni e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida bir qator yangi tashabbuslar amalga oshiriladi. Toshkent shahri misolida sun’iy intellekt asosida zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatli prognoz qilish amaliyoti sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek