Emirates 65 ta Boeing 777-9 samolyoti uchun 38 milliard dollarlik buyurtma berdi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning Boeing buyurtmalari umumiy portfeli 315 taga yetdi
Emirates 65 ta Boeing 777-9 samolyoti uchun $38 milliardlik buyurtma berdi / Foto: Emirates

Emirates aviakompaniyasi so‘nggi yillarda eng yirik Boeing samolyotlari buyurtmasini e’lon qildi. Kompaniya 65 ta Boeing 777-9 samolyotini sotib olish bo‘yicha $38 milliardlik shartnoma imzoladi.

Bu bilan kompaniyaning Boeing samolyotlariga bo‘lgan umumiy buyurtma portfeli 315 taga yetdi, shundan 280 tasi 777X oilasiga tegishli. Shartnoma doirasida buyurtmalarni 777-8 yoki 777-10 modellarga aylantirish imkonini beruvchi opsion ham mavjud.

Shuningdek, GE Aerospace bilan hamkorlik kengaytirilib, 130 ta qo‘shimcha GE9X dvigateli buyurtma qilindi, bu bilan Emirates GE9X dvigatellarining eng yirik xaridoriga aylandi — jami 540 dvigatel.

Hozirgi kunda Emirates dunyoda eng yirik Boeing 777 operatori hisoblanadi: flotda 119 ta 777-300ER, 10 ta 777-200LR va 11 ta yuk samolyoti mavjud. Yangi samolyotlar 2038-yilgacha yetkazib beriladi, birinchi Boeing 777-9 esa 2027-yilning ikkinchi choragida kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emirates samolyotlarida Starlink bepul internetini yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek