
Google Avstraliyaning Hind okeanidag Kichik Rojdestvo oroli orqali Maldiv va Oman bilan bog‘lanadigan suvosti kabel tizimini quradi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, oldinroq Google orolida yirik sun’iy intellekt ma’lumotlar markazi qurish rejasini e’lon qilgan edi. Markaz orol aeroporti yaqinida joylashadi va energiya ta’minoti uchun mahalliy kon kompaniyasi bilan kelishuv amalga oshiriladi.
Oroldagi mavjud energiya tarmog‘i Google ma’lumot markazi va mahalliy aholi ehtiyojlarini qulay qondira oladi, deydi orolning eng yirik ish beruvchisi Phosphate Resources bosh direktori Nikolas Gan. Kompaniya dizel generatorlari orqali fosfat koni va Avstraliya mudofaa kuchlarini ta’minlaydi.
Google tomonidan quriladigan suvosti kabel tizimi Hind okeani mintaqasidagi internet infratuzilmasini mustahkamlashga yordam beradi. Kompaniya oroldagi ma’lumot markazi infratuzilmasini mahalliy foydalanuvchilar bilan bo‘lishishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Gemini chat-botiga yangi funksiya joriy etgani haqida yozgan edik.