
Great Wall kompaniyasi o‘rta o‘lchamli Haval H6L krossoverini bozorga taqdim qildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Avtomobil 1,5 litr va 2,0 litr hajmli turbo dvigatel bilan taqdim etiladi. Narxi 104 mingdan 128 ming yuangacha (taxminan $14,6 ming – $18 ming atrofida).

Yangi H6L modeli Xiaolong Max dizayn uslubida yaratilgan bo‘lib, logotipi o‘zidan yorug‘lik chiqaradi. Avtomobilning o‘lchamlari 4800×1895×1730 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2810 mm bo‘lib, hozirgi Haval H6’dan kattaroq. Uzaytirilgan karoser va kengaytirilgan baza salonni yanada qulay va keng ko‘rsatadi.

Salon ichida 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 14,6 dyuymli media-sistema o‘rnatilgan, Coffee OS 3 platformasi, 16 GB tezkor xotira, Apple CarPlay, Huawei HiCar va Honor Car Connect qo‘llab-quvvatlanadi. 1,5 litrli motor quvvati 183 ot kuchi, 2,0 litrli motor esa 238 ot kuchini beradi. Birinchi motor 7 pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi bilan, ikkinchisi esa 9 pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi bilan ishlaydi.

Avtomobil barcha tezliklarda adaptiv kruiz-kontrol, yo‘lda qolishni ta’minlash va notekis chiziqlarni ham aniqlay oladigan avtomatik park qilish tizimiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haval Raptor PHEV 2026 qachonda savdoga chiqishi haqida yozgan edik