OnePlus 15R smartfoni qanday xususiyatlar bilan namoyish qilinadi

18-noyabr 2025 15:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus
Foto: GizNext

OnePlus kompaniyasi tomonidan OnePlus 15R smartfoni global bozorga taqdim etilishi kutilmoqda. Gizmochina nashrining yozishicha, kompaniya rasmiy saytida «Tez kunda» degan jumla paydo bo‘lgan.

Yangi 15R global bozorda yashil va kulrang ranglarda sotiladi. Bu ranglar Xitoydagi Ace 6 modelidan farq qiladi. Smartfon birinchi bo‘lib Germaniya, Hindiston va Buyuk Britaniyada savdoga chiqadi. OnePlus hali sanani yoki narxni ochiqlamagan.

Gizmochina nashrining yozishicha, OnePlus 15R aslida Xitoyda yaqinda taqdim etilgan OnePlus Ace 6 ning xalqaro versiyasi sifatida taqdim etiladi. Qurilmada 6,83 dyuymli AMOLED ekran bo‘lib, uning yangilanish tezligi 165 Hz, aniqligi esa 1,5K’ni tashkil etadi.

OnePlus
OnePlus 15R smartfoni / Foto: OnePlus

Protsessor sifatida Snapdragon 8 Elite o‘rnatiladi. Asosiy kamera 50 megapiksel bo‘lishi kutilmoqda.

Model 7800 mA/soat quvvatga ega katta batareya bilan jihozlanadi. U 120 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada IP66, IP68 va IP69K himoyasi bo‘ladi. Shuningdek, ultratovushli ekrandan o‘qiladigan barmoq izi skaneri ham mavjud bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus Ace 6T ushbu oyda taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek