O‘zbekiston o‘rtoqlik turniri finalida Eronni mag‘lub etdi

18-noyabr 2025 23:07 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o‘tgan «Al Ain International Cup» musobaqasi finalida Erondan ustun kelib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

«Hazza Bin Zayed» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning ikkinchi taym o‘rtalarida Abduqodir Husanov qoida buzgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. «Futbol lotereyasi»da omad O‘zbekistonga kulib boqdi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston yarim finalda Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Oston O‘runov yorqin o‘yin namoyish etib, ikki golga mualliflik qildi. Eron esa Kabo-Verde bilan durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozonib finalga chiqqan edi.

Foto: O‘FA

Bu o‘rtoqlik o‘yinlari Timur Kapadze milliy terma jamoadan ketgandan keyin dastlabki o‘yinlar bo‘ldi. Fabio Kannavaro esa Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi. Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi joriy yil 5-dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston Misrni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek