O‘zbekiston va OTBning qo‘shma loyihalar portfeli 15 mlrd dollardan oshdi

eʼlon qilindi
Yashil energetika, transport, raqamli transformatsiya va ta’lim yo‘nalishlarida qiymati 3 mlrd dollardan ortiq yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston va OTBning qo‘shma loyihalar portfeli 15 mlrd dollardan oshdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot bank (OTB)ning qo‘shma loyihalar portfeli 15 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va bank prezidenti Masato Kando uchrashuvida qayd etildi.

Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekani qayd etildi.

O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yashil energetika, transport, raqamli transformatsiya va ta’lim yo‘nalishlarida qiymati 3 mlrd dollardan ortiq yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Suveren bo‘lmagan moliyalashtirish mexanizmlari faol joriy etilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, OTB Boshqaruvchilar kengashining 2026-yil may oyida Samarqandda o‘tadigan yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik alohida muhokama qilingan.

Mirziyoyev mazkur tadbir doirasida Kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini imzolash tashabbusini ilgari surdi. Ushbu dasturning asosiy yo‘nalishlari infratuzilmani rivojlantirish, texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlash, xotin-qizlar va yoshlarni yangi kasblarga o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ipoteka bozori va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri OTB O‘zbekistonga 300 mln dollar ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek