O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Turkmaniston va Qozog‘iston turistlar soni bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinda
Turizm
O‘zbekistonga kelgan sayyohlar orasida rossiyaliklar yetakchi / Foto: Sun’iy intellekt

2025 yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonga jami qariyb 1,4 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p sayyohlar Rossiyadan tashrif buyurgan – 270 ming kishi. Shuningdek, fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar ichida Turkmaniston – 194 ming, Qozog‘iston – 144 ming, Xitoy – 118 ming va Qirg‘iziston – 114 ming nafar sayyoh bilan yetakchi bo‘lgan.

Shu bilan birga, Hindistondan – 32 ming, Germaniyadan – 30 ming, Koreyadan – 27 ming, AQShdan – 24 ming sayyoh kelgan. Yana boshqa davlatlardan esa jami 256 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga turistlar oqimi ikki barobarga o‘sgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek