Yangiliklar

Polshada Ukrainaga yordam yetkaziladigan temir yo‘l portlatildi

Rossiya asosiy gumonlanuvchi bo‘lib qolmoqda
Polshada Ukrainaga yordam yetkaziladigan temir yo‘l portlatildi / Foto: AP

Polsha bosh vaziri Donald Tuskning ma’lum qilishicha, Varshava – Lublin temir yo‘l liniyasi natijasida portlatib yuborildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu yo‘l Ukrainaga gumanitar va harbiy yordam yetkazishda eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tuskning aytishicha, portlovchi qurilma 16-noyabr kuni temir yo‘l ostiga qo‘yilgan va boshqa bir hududga ham shikast yetkazilgan.

Hodisa Yevropada xavfsizlik borasidagi keskinlik kuchaygan paytda yuz berdi. YeI va NATO rahbarlari bu voqeani qattiq qoralab, Yevropa infratuzilmasiga qaratilgan tahdidlar oshib borayotganini ta’kidladi. Ukraina ham Polshaga birdamlik bildirib, zarurat bo‘lsa yordam berishga tayyorligini aytdi.

Ba’zi rasmiylar Rossiyaning gumon qilinishi mumkinligini aytsa-da, Polsha rahbariyati hozircha aniq aybdorni ko‘rsatmadi. Politsiya, prokuratura va xavfsizlik xizmatlari tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrining zich aholi yashaydigan tumanida Qizil qal’a yaqinida portlash yuz bergan edi.