Samsung Galaxy S25, S23 hamda yana bir nechta modellar yangilandi

18-noyabr 2025 06:42 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Sammobile.com

Samsung kompaniyasi noyabr oyidagi xavfsizlik yangilanishini nafaqat Galaxy S24, balki boshqa flagman modellarga ham taqdim etdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

Endilikda Galaxy S25, Galaxy S23, shuningdek Galaxy Z Fold7, Fold6, Flip7 va Flip6 egalari ham muhim xavfsizlik patchini olishmoqda.

Yangilanish nimalarni tuzatadi?

Samsung ma’lumotiga ko‘ra, noyabr oyidagi patch Android va Samsung One UI tizimlaridagi 30 ga yaqin xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etadi. Ayrim tuzatishlar aynan Exynos protsessori ishlatilgan modellarga tegishli.

Qaysi modellarga yangilanish chiqarildi?

  • Galaxy S23, S23 Plus va S23 Ultra — Janubiy Koreyada yangilanish allaqachon yuklab olinmoqda. Dastur raqami: S91xNKSS6EYK3.
  • Galaxy S25 seriyasi (S25, S25 Plus, S25 Ultra, S25 FE) — dastur raqami: S93xNKSS7BYK5, yangilanish hajmi 500 MB dan ortiq.
  • Galaxy Z Fold7, Fold6, Flip7, Flip6 — hozircha Janubiy Koreya bozorida tarqatilmoqda.

Nima uchun bu yangilanish muhim?

Xavfsizlik patchlari smartfonni zararli dasturlar, tizimdagi teshiklar va ruxsatsiz kirishlardan himoya qiladi. Samsung’ning bu kabi muntazam yangilanishlari flagman liniyalarning xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.

Yaqin kunlarda global bozorlarda ham yangilanish tarqatilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangilangan Samsung Galaxy S25 seriyasi sotuvga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek