Yangiliklar

Toshkentda avtomobilning gaz quvuriga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qoldi

38 ta ko‘p qavatli uy, 450 ta hovli hamda 12 ta yirik iste’molchi
Toshkentda avtomobilning quvurga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qoldi
Toshkentda avtomobilning gaz quvuriga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qoldi / Foto: «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filiali

Toshkentda avtomobilning gaz quvuriga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qoldi. Bu haqda «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filiali xabar berdi.

Unga ko‘ra, poytaxtning Shayxontohur tumani «Charxnovza» mahallasida joylashgan o‘rta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida quvur shikastlangan va gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan.

Ushbu hodisa oqibatida hududdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, 450 ta hovli hamda 12 ta yirik iste’molchida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Xabarga ko‘ra, hozirda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya xizmati quvurni ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Ta’mirlash tugagach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Avvalroq qishda vodiydagi metan «zapravka»larga gaz ko‘chma konteynerlarda yetkazib berilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Xitoyning uch yirik kompaniyasi bilan kompressor stansiyasi qurish, 150 ta konteyner va maxsus avtomashinalarni olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.