U-17 Jahon chempionati. O‘zbekiston musobaqa bilan xayrlashdi

18-noyabr 2025 19:26 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Qatarda davom etayotgan U-17 jahon chempionatida O‘zbekiston Italiyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

Dastlab birinchi taymning 20-daqiqasida Tomas Kompanelo gol urib Italiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Amirxon Murodov muvozanatni tikladi. Uchrashuv teng kurashlar bilan davom etdi.

Foto: O‘FA

Ikkinchi taym o‘rtalarida Italiyaliklar o‘yin tizginini qo‘liga olib, qisqa muddatda yana ikki gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 68-daqiqada Tomas Kompanelo dublni rasmiylashtirganni bo‘lsa, 70-daqiqada Idrissa hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Azizbek Erimbetov hisobni qisqartirdi. Yakuniy hisob 3:2.

Turnirda Osiyo qit’asi chempioni sifatida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda musobaqada ishtirokini yakunladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Jahon chempionatida O‘zbekiston termasi Xorvatiya ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek