Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Van I Markaziy Osiyoga mazkur davlatlar tashqi ishlar vazirlarining taklifi bilan keladi
Ван И
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I / Foto: AP Photo / Petros Giannakouris

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 19 – 22-noyabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda CGTN telekanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Van I Markaziy Osiyoga mazkur davlatlar tashqi ishlar vazirlarining taklifi bilan keladi. U uch mamlakatdagi hamkasblari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qiladi va mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashadi.

Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu safar «Xitoy – Markaziy Osiyo» ikkinchi sammiti natijalarini to‘liq amalga oshirishga va XXR raisi Si Szinpin hamda uch davlat prezidentlari o‘rtasidagi kelishuvlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkoridir. Joriy yilning 9 oyida ikki tomonlama savdo hajmi $11,4 mlrdga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $9 mlrd atrofida bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda eng ko‘p chet el korxonalari Xitoy sarmoyasi bilan ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek