Yangiliklar

Aziz Abduhakimov prezident maslahatchisi bo‘ldi

U bir vaqtning o‘zida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi bo‘lib ham faoliyat yuritadi
Aziz Abduhakimov prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi
Aziz Abduhakimov prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi / Foto: Visit Uzbekistan

Aziz Abduhakimov prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur lavozimga tayinlanish munosabati bilan Abduhakimov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Bundan avval ham prezident administratsiyasida bir qator kadr o‘zgarishlari amalga oshirilgandi. Unga ko‘ra, Sardorbek Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Alisherbek Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tashqi aloqalar departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.