Sport

Boks bo‘yicha Jahon chempionati uchun rekord darajadagi sovrin jamg‘armasi ajratildi

Foto: IBA

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2–13-dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladi. Musobaqa uchun rekord darajadagi $8,32 million sovrin jamg‘armasi ajratildi, deya xabar bermoqda Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (IBA).

Ta’kidlanishicha, birinchi o‘rin egalariga $300 ming, ikkinchi o‘ringa $150 ming, uchinchi o‘rin uchun $75 ming va to‘rtinchi o‘rin sohiblariga esa $10 ming miqdorida mukofot puli ajratiladi.

Foto: IBA

IBA prezidenti Umar Kremlyov tashkilot siyosatining shaffoflik va sportchilarning manfaatlarini himoya qilish tamoyiliga asoslanganini ta’kidladi.

«Bu dekabr oyida biz boks tarixida yangi ko‘rsatkich o‘rnatamiz. Biz shunchaki tashkilotchi emasmiz, biz boksning global vakilimiz», — dedi Kremlyov.

IBA bosh direktori Kris Roberts turnirning asosiy ishtirokchilari qatorida O‘zbekistondan Hasanboy Dusmatov va Abdumalik Xalokovni, Ozarbayjondan Loren Alfonso Domingesni, Qozog‘istondan Nurbek va Aibek Oralbaylarni, shuningdek, Kubalik besh karra Jahon chempioni Julio La Kruzni qayd etdi.

Avvalroq Kuriv Uzbekistan Lazizbek Mullajonov antidoping qoidalarini buzganligi uchun uch yilga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar bergan edi.