Dollar keskin qulamoqda: 20-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 19-noyabr kuni 11 940,70 so‘m (-69,22 so‘m) etib belgilangan edi
dollar
Foto: Depositphotos

20-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 910,93 so‘m (-29,77 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

12-noyabr kuni 11 990,00 so‘mga (-24,94 so‘m), 13-noyabr kuni esa 11 972,35 so‘mga (-17,65 so‘m) tenglashdi. 14-noyabr kuni 11 985,10 so‘m (+12,75 so‘m), 17-noyabr uchun 12 039,61 so‘m (+54,51 so‘m), 18-noyabr kuni 12 009,92 so‘m (-29,69 so‘m) esa etib belgilandi. 19-noyabr kuni esa dollar 11 940,70 so‘mga tenglashgan (-69,22 so‘m) edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 54,75 so‘mga tushib, 13 784,52 so‘mni, rubl esa 0,09 so‘mga oshib, 147,49 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek