Gadjetlar

Galaxy A57 taqdimoti oldidan texnik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy A57 Xitoyning 3C regulyatori ro‘yxatidan SM-A5760 indeksi bilan o‘tdi
Galaxy A57 smartfoni Galaxy S26’dan ikki barobar tez quvvat oladi
Foto: Sammobile

Samsung’ning navbatdagi o‘rta sinf smartfoni Galaxy A57 haqida yangi texnik ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Qurilma Xitoyning 3C sertifikatsiya bazasida SM-A5760 indeksi bilan ro‘yxatdan o‘tdi va unda 45 vattlik simli zaryadlash ko‘rsatilgan.

Bu natija Galaxy A57’ni quvvatlanish tezligi bo‘yicha hatto Samsung’ning flagman bazaviy modeli Galaxy S26’dan ustun qo‘yadi. Ma’lumki, Galaxy S26 yana 25 vattlik zaryad bilan taqdim etilishi kutilmoqda. A5x seriyasi bir necha yildan beri aynan shu jihat bo‘yicha S-seriyaning boshlang‘ich modellari oldida ustun kelmoqda. masalan, hozirgi Galaxy A56 ham Galaxy S25’dan tezroq quvvatlanadi.

Samsung hali Galaxy A57 taqdimot sanasini e’lon qilmagan. Yaqin oylar ichida qurilma haqida qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘lishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Samsung Galaxy S25 seriyasi sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.