«JCh – 2026» ishtirokchilari soni 42 taga yetdi

19-noyabr 2025 11:46 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Sky Sports

Yevropa va KONKAKAF mintaqalarida Jahon chempionati uchun saralash bosqichi yakuniga yetdi. Guruh yetakchilari mundialdagi ishtirokini naqd qilishdi. Mundialda ishtirok etadigan 48 jamoadan 42 tasi Jahon chempionatidagi ishtirokini kafolatladi. Qolgan 6 ta o‘rin uchun jamoalar pley-offda bahs olib borishadi.

Foto: 433

Yevropada Angliya, Portugaliya, Norvegiya, Germaniya, Niderlandiya, Xorvatiya, Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Shotlandiya, Belgiya va Shveysariya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallab to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

KONKAKAF mintaqasida esa 3 ta jamoa mundialga yo‘l oldi. Panama, Gaiti va Kyurasao jamoalari o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallashdi. Kyurasao terma jamoasi uchun bu mundialdagi debyut bo‘ladi. Jamoa hal qiluvchi uchrashuvda Yamayka bilan durang o‘ynadi.

Yevropada jamoalar to‘rt savatchaga bo‘lingan. Har bir savatchadan bittadan g‘olib keyingi bosqichga yo‘l oladi. Bitta savatchadan o‘rin olgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmaydi, balki boshqa savatchalardagi jamoalar bilan bahslashadi.

Boshqa mintaqalarda esa yo‘llanma uchun Kongo va Iroq terma jamoalari bittadan, Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya esa ikkitadan o‘yin o‘tkazishadi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida 48 jamoa 4 tadan 12 guruhga bo‘linadi. Qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh JCh chiptalari egalariga viza suhbatida ustuvorlik berishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek