Kino va seriallar

Kinotavsiya: «Moneyball» nima haqida

Sportga qiziqadiganlar uchun ajoyib film
Kinotavsiya: «Moneyball» nima haqida
Kinotavsiya: «Moneyball» nima haqida / Foto: Empire magazine

Kursiv Uzbekistan beysbolga qiziqadiganlar uchun uchun maxsus, haqiqiy voqealarga asoslangan «Moneyball» filmini tavsiya qiladi.

Asar markazida Oakland Athletics jamoasining bosh menejeri Billi Binning hikoyasi turadi. Cheklangan budjet, kuchli raqobat va jamoasining yetakchi o‘yinchilari ketib qolgan vaziyatda Bill g‘alabaga eltadigan mutlaqo yangi usul topishga urinadi.

Moneyball (2011) Movie Trailer - HD - Brad Pitt

So‘ngra u Klivlendga biznes safari chog‘ida Yel universitetining yosh bitiruvchisi, iqtisodchi Piter Brend bilan uchrashadi. U matematik hisob-kitoblar yordamida o‘yinchilarning shaxsiy statistik ko‘rsatkichlariga asoslangan innovatsion sxemani joriy etishni taklif qiladi.

Mazkur filmga Bennet Miller rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Aaron Sorkin va Stiven Zaillian yozgan. Asosiy rolda Billi Binni Bred Pitt ijro etadi va u filmga chuqur xarizma hamda dramatik kuch bag‘ishlaydi. Uning yordamchisi — yosh statistikachi Piter Brend rolida Jona Hill ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Deep cover» filmi haqida ma’lumot bergandi.