Nyu-York meri O‘zbekistonni tashrif buyuradi

Nyu-Yorkning amaldagi meri Erik Adams besh kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur safar jamoatchilik tanqidiga qaramay, u o‘tkazayotgan xalqaro safarlar marafonining bir qismi bo‘ladi. Seshanba kuni Adams Isroildan chiqib, Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Tanqidchilarga ko‘ra, soliq to‘lovchilar hisobidan moliyalashtiriladigan mazkur tez-tez va qimmat safarlar Nyu-York aholisi uchun hurmatsizlik deb baholanmoqda. Smit vakilining aytishicha, xorijdagi uchrashuvlarda iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.
«Bu safarlar arzon emas, chunki u har doim qo‘riqchilar va turli yordamchilar bilan birga sayohat qiladi. Janob Adams Isroilga olti maslahatchi, Albaniyaga bir, O‘zbekistonga esa yana bir maslahatchi bilan bordi», — deb yozadi The New York Times.
Ma’lumot uchun, Erik Adams 1-yanvar kuni lavozimini tark etadi va o‘rnini yangi saylangan mer Zohran Mamdani egallaydi. Demokratlarning progressiv qanotini ifoda etuvchi Mamdani bu lavozimga kelgan birinchi musulmon hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York meri o‘zbek mantilarini tatib ko‘rishni tavsiya qilgani haqida yozgan edik.