Yangiliklar

Nyu-York meri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan
Nyu-York meri O‘zbekistonga tashrif buyuradi / Foto: Reuters

Nyu-Yorkning amaldagi meri Erik Adams besh kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur safar jamoatchilik tanqidiga qaramay, u o‘tkazayotgan xalqaro safarlar marafonining bir qismi bo‘ladi. Seshanba kuni Adams Isroildan chiqib, Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Tanqidchilarga ko‘ra, soliq to‘lovchilar hisobidan moliyalashtiriladigan mazkur tez-tez va qimmat safarlar Nyu-York aholisi uchun hurmatsizlik deb baholanmoqda. Smit vakilining aytishicha, xorijdagi uchrashuvlarda iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.

«Bu safarlar arzon emas, chunki u har doim qo‘riqchilar va turli yordamchilar bilan birga sayohat qiladi. Janob Adams Isroilga olti maslahatchi, Albaniyaga bir, O‘zbekistonga esa yana bir maslahatchi bilan bordi», — deb yozadi The New York Times.

Ma’lumot uchun, Erik Adams 1-yanvar kuni lavozimini tark etadi va o‘rnini yangi saylangan mer Zohran Mamdani egallaydi. Demokratlarning progressiv qanotini ifoda etuvchi Mamdani bu lavozimga kelgan birinchi musulmon hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York meri o‘zbek mantilarini tatib ko‘rishni tavsiya qilgani haqida yozgan edik.