Omonxona qishlog‘i BMT Turizm tashkilotining turizm qishloqlarini rivojlantirish dasturiga kiritildi

eʼlon qilindi
2024-yilda unga “O‘zbekistonning turizm qishlog‘i” maqomi berilgan edi
Omonxona qishlog‘i BMTning «Eng yaxshi turizm qishloqlari» ro‘yxatiga kirdi / Foto: O‘zA

BMT Turizm tashkiloti «Eng yaxshi turizm qishloqlari» loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i g‘olib deb topildi va «Rivojlantirish dasturi»ga kiritildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Tanlovga 65 ta mamlakatdan 270 dan ortiq qishloq nomzod sifatida taqdim etildi. Ushbu global loyiha qishloq turizmini rivojlantirish, mahalliy madaniyat va tabiatni asrab-avaylashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. O‘zbekiston nomidan taklif etilgan Omonxona qishlog‘i tanlovda muvaffaqiyat qozonib, BMT Turizmning «Rivojlantirish dasturi»ga kiritildi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Tog‘li hududda joylashgan Omonxona o‘zining tabiiy manzaralari, shifobaxsh buloqlari, tarixiy merosi va mehmondo‘st aholisi bilan mashhur. So‘nggi yillarda qishloqda turizm infratuzilmasi faol rivojlanib, zamonaviy turistik markaz qurilmoqda. 2024-yilda unga «O‘zbekistonning turizm qishlog‘i» maqomi berilgan edi.

Dastur doirasida Omonxonada turizm infratuzilmasini kuchaytirish, xizmat sifatini yaxshilash, marketing tizimini modernizatsiya qilish va qishloqni global Best Tourism Villages Network tarmog‘iga qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Ma’lumot o‘rnida, BMT Turizmning «Eng yaxshi turizm qishlog‘i» tanlovi 2021-yildan beri o‘tkazilib keladi. Bu maqom ekologik, agroturizm, madaniy merosni saqlash va barqaror rivojlanishda yetakchi bo‘lgan qishloqlarga beriladi. 2023-yilda Navoiy viloyatida joylashgan Sentob qishlog‘i ham shu e’tirofga loyiq deb topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda Rancho Tour nomli yangi turistik maskan ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek