Yangiliklar

Qozog‘istonda bronza davriga oid yodgorlik topildi

Eramizdan avvalgi 1600-yillarga oid
Qozog‘istonda bronza davriga oid yodgorlik topildi / Foto: CNN

Qozog‘iston dashtlarida eramizdan avvalgi 1600-yillarga oid Semiyarka yodgorligi topildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yodgorlik «Yetti vodiy shahri» nomi bilan mashhur bo‘lib, uylar, markaziy monumental bino va ehtimol bronza metall ishlab chiqarish inshootlariga ega bo‘lgan.

Foto: CNN

Hudud 140 gektar maydonni egallab, Irtish vodiysiga qaraydi. Tadqiqotchilar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, 1960-yillarga oid fotosuratlar va magnitometriya usulidan foydalangan holda yer ostidagi tuzilmalarni aniqladi. Shu paytgacha kamida 15 inshoot topilgan bo‘lib, ularning ba’zilari ichki xonali uylar bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Semiyarka Bronza davrida shahar hayoti va metall ishlab chiqarish markazi bo‘lgan. Tadqiqotlar davomida yodgorlik aholisining soni, yashash davomiyligi hamda boshqa hududlar bilan aloqalarini aniqlashda yordam berishi kutilmoqda.

Foto: CNN

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda joylashgan Omonxona qishlog‘i BMT Turizm tashkilotining turizm qishloqlarini rivojlantirish dasturiga kiritilgani haqida yozgan edik.