Redmi K90 Ultra haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi

19-noyabr 2025 15:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi
Foto: GSMArena

Xiaomi kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan yangi Redmi K90 Ultra smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon MediaTek’ning yangi Dimensity 9500+ protsessori bilan jihozlanadi. Asosiy e’tibor ekranga qaratiladi. K90 Ultra 6,8 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 1,5K aniqlik va 165 Hz yangilanish tezligini taklif qiladi.

Modelga ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri, metall ramka, suv va changdan himoya ham berilishi kutilmoqda. Eng katta ustunliklardan biri esa kamida 8000 mA/s sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich hozirgi K90 Pro Max’dagi 7560 mA/s akkumulyatordan sezilarli kattaroq.

Taqqoslash uchun, Redmi K90 Pro Max 6,9 dyuymli ekran, Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasi va 7560 mA/s batareyaga ega. Shunday bo‘lsa-da, K90 Ultra kameralar bo‘yicha yanada kuchliroq tizim olishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi Android smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek