Sport

Ronaldu Saudiya delegatsiyasi bilan birgalikda Oq uyga tashrif buyurdi

Oq uy rasmiylari Ronalduning shahzoda delegatsiyasining bir qismi ekanini tasdiqlamadi
Foto: Reuter

Portugaliyalik futbolchi Krishtiano Ronaldu Saudiya delegatsiyasi bilan birgalikda Oq uyga tashrif buyurdi. Bu haqda Telegraph xabar bermoqda. U Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi munosabati bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqatda qatnashdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/clashreport-1990945137414078694-01.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoq

Donald Tramp marosim chog‘ida o‘g‘li Barronning Ronaldo bilan uchrashgani haqida ham ham gapirgan.

Foto: Politico

«Bilasanmi, mening o‘g‘lim Ronalduning katta muxlisi. Ronalduning o‘zi shu yerda. Barron u bilan uchrashdi vа o‘ylaymanki, hozir meni biroz ko‘proq hurmat qilsa kerak. Faqatgina ikkovini tanishtirganim uchun», – degan Tramp.

Tadbirda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, Moliya vaziri Skott Bessant va Urush vaziri Pit Hegset ham qatnashgan. Qolaversa, milliarderlar Ilon Mask, Jeff Bezos va bir nechta kompaniyalarning rahbarlari ham qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh Saudiya Arabistoniga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishi haqida yozgan edi.