Yangiliklar

Rossiyada ajrashganlar 496 dollar jarimaga tortilishi mumkin

Rossiyada nikohdan o‘tganlarga davlat 20 ming rubl ($248) berishi mumkin
Rossiyada ajrashganlar 496 dollar jarimaga tortilishi mumkin
Rossiyada ajrashganlar 496 dollar jarimaga tortilishi mumkin / Foto: «RIA Novosti»

Rossiyada nikohdan o‘tganlarga davlat 20 ming rubl ($248) berishi, ajrashganlar esa 40 ming rubl ($496) jarimaga tortilishi mumkin. «Yedinaya Rossiya» partiyasining Bryansk viloyati deputati Mixail Ivanov yangi taklif bilan chiqdi.

Uning aytishicha, davlat yosh oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashi mumkin, lekin budjet imkoniyatlari cheklangani uchun ajrashganlarga jarima belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

«Men taxmin qilamanki, davlat nikoh uchun, masalan, 20 ming rublni ta’minlashi mumkin… Har qanday deputatlik tashabbusi cheklangan – unda ajrashish uchun kamida 40 ming jarima joriy etish kerak», – deydi Ivanov.

Deputat, shuningdek, bola tug‘ilgandan keyin beriladigan nafaqalarni uch yoshgacha uzaytirishni ham taklif etdi.

Avvalroq Rossiyaning «Maxsus hibsxona»laridagi ikki ming o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari 50 mingdan ortiq murojaatlarni ko‘rib chiqqan. 3,2 mingdan ortiq fuqarolar ishga joylashish yoki mehnat nizolarini hal etishda yordam olgan. 381 nafar fuqaroga esa $310 minglik maoshni undirishda ko‘mak berilgan.