
Samarqanddagi ko‘p qavatli uylar deyarli ikki mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi MChJga tegishli uchta ko‘p qavatli uy tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib olgan. Uylarda loyiha hujjatlari rasmiylashtirilmagan bo‘lsa-da, ular gazdan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanib kelishgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga qariyb ikki mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Vazirlikka ko‘ra, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda avtomobilning gaz quvuriga urilishi ortidan yuzlab uylar gazsiz qolgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, poytaxtning Shayxontohur tumani Charxnovza mahallasida joylashgan o‘rta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida quvur shikastlangan va gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan.