Yangiliklar

Toshkentda noqonuniy dori savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda noqonuniy dori savdosi fosh qilindi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Toshkent shahrida qonunga xilof ravishda dori vositalari sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan to‘qqiz turdagi jami 542 quti dori vositalari $6,4 mingga sotilgan. Ekspertiza natijalari ushbu dori vositalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani va saqlash shartlari buzilganini ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘lbola tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yilgan edi.