
Yaponiya janubi-g‘arbida joylashgan Oita prefekturasida kuchli yong‘in sodir bo‘lib, 170 dan ortiq uy va inshootlar yonib ketdi. Bu haqda NHK Japan nashri xabar bermoqda.
Yong‘in maydoni hozircha 49 ming kvadrat metrga yetgani aytilmoqda. Yong‘in Saganoseki hududidagi bir uyda seshanba kuni soat 17:45 da boshlangan. Olov tezda turar joylar bo‘ylab tarqalib, hatto bir kilometrdan uzoqroqda joylashgan orolga ham yetib borgan. Aholi yashaydigan hududlar bilan birga atrofdagi bog‘ ham yongan.
Mahalliy hokimiyat o‘tni o‘chirish uchun Yaponiya Ground Self-Defense Force yordamiga murojaat qilgan. Yong‘in sustlashgan bo‘lsa-da, hududdan oq tutun ko‘tarilishi davom etmoqda.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. 50 yoshlar atrofidagi ayol yengil kuyish bilan shifoxonaga yetkazilgan. 110 ta xonadondan 170 kishi yaqin atrofdagi jamoat markaziga evakuatsiya qilingan.
Hukumatga ko‘ra, yong‘in oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari endi markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat tomonidan qoplanadi. Evakuatsiya markazlarini ta’minlash ham shu tartibda amalga oshiriladi.
Olovning asosiy qismi o‘chirilgan bo‘lsa-da, yong‘in o‘chiruvchilar hali ham to‘liq nazorat o‘rnatishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yaponiya O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash sohasida 5,6 million dollarlik beg‘araz yordam ajratgani haqida yozgan edi.
