
Google YouTube mobil ilovasida yangi tajriba funksiyasini ishga tushirdi. Endi foydalanuvchilar videolarni, shu jumladan, Shorts va jonli efirlarni, bevosita ilova ichida ulashish va muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Hozircha yangi funksiyadan 18 yosh va undan katta foydalanuvchilar Irlandiya va Polshada foydalanishi mumkin. Videoni yuborish uchun foydalanuvchi xabarlar bo‘limidagi taklif havolasini ishlatadi. Qabul qiluvchi uni qabul qilsa, YouTube’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontent va xabarlar almashiladi. Taklif havolalari yaratilganidan keyin yetti kun davomida amal qiladi.
Google, shuningdek, xabarlar platforma qoidalariga mosligini aniqlash maqsadida tekshirilishi mumkinligini ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube televizor ekranlarida kontent sifatini yanada sifatli qilishga qaratilgan beshta yangi funksiyani taqdim etgan edi.