AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi

eʼlon qilindi
Datavice MChJ kompaniyasiga
Санкции
Foto: bcs-express.ru

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Datavice MChJ kompaniyasiga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni qo‘lladi. Bu haqda vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) xabar berdi.

Vashington ushbu firmadan Rossiyaning Aeza Group kompaniyasi bilan aloqadorlik borligini gumon qilmoqda.

Unga ko‘ra, AQSh joriy yilning iyul oyida IT-xizmatlarini ko‘rsatuvchi Aeza Group kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgan. Shuningdek, ushbu kompaniya AQSh va boshqa davlatlarda jabrlanganlarga hujum qilayotgan kiberjinoyatchilarga hosting xizmatlari taqdim etgan.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi Aeza Group’ni BianLian nomli tovlamachilik dasturlarini yaratganlikda ham ayblamoqda.

O‘zbekistondagi Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga ko‘ra, Datavice MChJ joriy yil iyul oyida tashkil etilgan va Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniya ma’lumotlar bilan ishlash xizmatlari ko‘rsatadi. Ustav jamg‘armasi — 24 mln so‘m. Rahbar va asoschi sifatida Maksim Makarov ko‘rsatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlarga qarshi sanksiyalarni qo‘llash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani haqida yozgandi.

Shuningdek