Sport

Ar-Riyod – 2025: O‘zbekiston to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining 19-noyabr kungi dasturi O‘zbekiston terma jamoasi uchun samarali yakunlandi. Sportchilar bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Delegatsiya hisobiga oltin medalni ayollar kurashi bo‘yicha -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Aktenge Keunimjayeva keltirdi. U final bahsida raqibini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Foto: MOQ

Kumush medallar kurash va yengil atletika bahslarida qo‘lga kiritildi. Ayollar kurashining -53 kg vazn toifasida Shohida Ahmedova, yengil atletika bo‘yicha 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida esa Lidiya Podsepkina marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda ham O‘zbekiston vakili sovrindorlar qatoridan joy oldi. Zuhriddin Qodirov musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Foto: MOQ

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Islom birdamligi o‘yinlarining 18-noyabr kungi bahslarida 13 ta medal qo‘lga kiritilgani haqida xabar bergan edi.