Buxoroda quyosh panellari egalariga 15,3 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi

eʼlon qilindi
Viloyatda 4,2 mingdan ortiq xonadon quyosh panellaridan foydalanadi
Buxoroda quyosh panellari egalariga 15,3 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi
Buxoroda quyosh panellarini o‘rnatganlarga 15,3 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Buxoro viloyatida quyosh panellarini o‘rnatgan fuqarolar elektr tarmog‘iga topshirgan ortiqcha energiya uchun 15,3 milliard so‘mdan ko‘proq subsidiya oldi. Bu haqda Davlat soliq xizmati rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ishlab chiqarilgan va tizimga uzatilgan har bir kVt-soat energiya uchun 1 000 so‘mdan subsidiya to‘lab beriladi.

Video: Davlat soliq xizmati

Soliq xizmati xabariga ko‘ra, hozirda viloyatda 4,2 mingdan ortiq xonadon quyosh panellaridan foydalanadi.

Avvalroq yanvar – sentabr oylarida 35,3 ming nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 153,6 mlrd so‘m subsidiya olgani haqida xabar berilgandi. Eng katta to‘lovlar Xorazm viloyati (42,6 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (22,4 mlrd so‘m) va Buxoro viloyatiga (15,3 mlrd so‘m) to‘g‘ri keldi. Fuqarolar subsidiya mablag‘ini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbek va imtiyozlar» bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.

Shuningdek