Avto

Chevrolet Cobalt uchun salonlarda shartnomalar ochildi

Ayrim dilerlarda shartnomalar yopilgan
Chevrolet Cobalt avtomobili
Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildimi / Foto: You Tube / SI yordamida sayqallangan

UzAuto Motors kompaniyasining ayrim dilerlarida Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochilgani aytilmoqda. Kursiv Uzbekistan vaziyatni o‘rgandi.

Nashr bilan suhbatda bo‘lgan «Avtotexxizmat» MChJ vakili Cobalt uchun shartnomalar bugun, 20-noyabr kuni yopilganini qayd etdi. Aynan 20-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da «Drivers village» saytida Cobalt uchun shartnoma tuzish bandi ochiq ekanini ko‘rish mumkin.

Foto: driversvillage.uz saytida ekran tasviri

Autostrada nashri jarayon shaffof bo‘lmagani, shartnoma tuzish uchun pora talab qilinayotganiga oid murojaatlar kuchayganini yozdi. Unga ko‘ra, qimmatroq komplektatsiyadagi Cobalt avtomobillariga shartnoma olish ancha oson, biroq eng arzon – Style AT modeli uchun $200 miqdorida pora talab qilinayotgani aytilmoqda. Bu modelning rasmiy narxi 148 mln so‘mni tashkil etadi.

«Kursiv» bu masala bo‘yicha kompaniya matbuot xizmatiga so‘rov yubordi. UzAuto Motors bu xabarlar bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Spark o‘rnini qaysi avtomobil egallashi mumkinligi haqida yozgan edi.