Yangiliklar

Elektr energiyasi narxi qaysi vaqtlarda yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi

I tarif guruhi iste’molchilari uchun
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Elektr energiyasi narxi qaysi vaqtlarda yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi / Foto: Mielenkaari

O‘zbekistonda I tarif guruhi iste’molchilari uchun elektr energiyasi sutka vaqtiga qarab uch xil narxda hisoblanadi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lumot berdi.

Ya’ni kunning qaysi paytida elektr ishlatilsa, narx ham shunga qarab o‘zgaradi. Unga ko‘ra:

Davr Vaqt oralig‘iTarif
Tig‘iz davr 06:00 – 09:00 va 17:00 – 22:00belgilangan tarifdan 1,5 baravar yuqori
Yarim tig‘iz davr 09:00 – 17:00oddiy belgilangan tarif
Tungi davr 22:00 – 06:00belgilangan tarifdan 1,5 baravar arzon

Eslatib o‘tamiz, I tarif guruhiga asosiy va zaxira elektr ta’minoti uchun ulangan quvvati yigʻindisi 750 kVA va undan ortiq boʻlgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitob qilinadigan isteʼmolchilar kiradi.

Budjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno.

Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonning DABS kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarining joriy holati ko‘rib chiqilgan. Bu loyihalarni jadallashtirish, texnik jarayonlarni muvofiqlashtirish va elektr tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.