Filippinda shahar meri umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Elis Guo odam savdosida ayblanmoqda
Foto: The Guardian

Filippinda o‘zini mahalliy fuqaro sifatida tanishtirib mer bo‘lgan xitoylik Elis Guo hamda yana yetti kishi odam savdosi ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Elis Guo Manila shimolidagi Bamban shahri meri lavozimida ishlagan vaqtida Xitoy tomonidan boshqariladigan onlayn qimor va firibgarlik markaziga rahbarlik qilganlikda aybdor deb topildi. O‘tkazilgan reyd davomida ofis binolari, hashamatli villalar va katta basseyn borligi aniqlangan.

Foto: The Guardian

Firibgarlar tomonidan Filippin, Xitoy, Vyetnam, Malayziya, Tayvan, Indoneziya va Ruandaning 700 dan ortiq fuqarolari majburiy ushlab turilgan. Reyd vyetnamlik ishchining qochib, politsiyaga xabar berishi ortidan amalga oshirilgan. Mamlakat prokurori Oliviya Torrevillasning ma’lum qilishicha, barcha sudlanuvchi, jumladan, xorijlik fuqarolar ham umrbod qamoq jazosini olgan.

35 yoshli Guo 2024-yil sentabr oyida Filippindan qochib ketganidan so‘ng Indoneziya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan edi. Iyun oyida Manila sudi u Xitoy fuqarosi bo‘lgani sababli merlik lavozimiga saylanish huquqiga ega bo‘lmagan degan hukmni chiqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Filippinda «Kalmaegi» to‘foni oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek