Kechga nima ovqat: kabachka, kartoshka va pomidordan mazali va yengil taom

20-noyabr 2025 17:49 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Maggi.ru

Pishirilgan kabachka, kartoshka va pomidor – oilaviy dasturxon uchun sersuv, foydali va juda mazali taom. Agar smetana va pishloq qo‘shilmasa, vegetarianlar ham bemalol iste’mol qilishi mumkin. Lekin smetana va pishloq bilan ham bu taom juda yengil va past kaloriyali bo‘lib qoladi.

Quyidagi Kursiv Uzbekistan retsepti oilaviy nonushta yoki kechki ovqat uchun ajoyib tanlov.

Masalliqlar

Mahsulot nomiMiqdori
Kabachka500 g
Kartoshka300 g
Pomidor300 g
Piyoz1 dona
Sabzi1 dona
Smetana2 osh qoshiq
Qattiq pishloq50 g
O‘simlik yog‘i2 osh qoshiq
Tuz, ziravorlarTa’bga ko‘ra
Ko‘katlarTa’bga ko‘ra

Tayyorlash jarayoni

1. Sabzavotlarni tayyorlab olamiz.
Kartoshkani yaxshilab yuvib, po‘sti bilan tuzlangan suvda qaynatib olamiz. Shu vaqtda piyoz va sabzini mayda shaklda to‘g‘rab, yog‘da 5–7 daqiqa davomida yumshoq bo‘lguncha qovuramiz.

2. Pomidorlarni po‘stidan ajratamiz.
Pomidor ustidan qaynoq suv quyib 5–7 daqiqa kutamiz, so‘ng po‘stini olib, halqa shaklida to‘g‘raymiz.

3. Kartoshkani to‘g‘raymiz.
Qaynatilgan kartoshkani sovutib, po‘stini olib, halqa shaklida kesamiz.

4. Kabachkani tayyorlaymiz.
Agar kabachka yangi pishgan bo‘lsa, po‘stidan tozalash shart emas. Uni ham halqa shaklida to‘g‘raymiz. Agar, ancha oldin pishgan bo‘lsa, po‘stini olib, urug‘ini tozalab kesamiz.

5. Idishga joylaymiz.
Pishirish uchun mo‘ljallangan shakl (forma)ni yog‘lab, avval qovurilgan piyoz-sabzi aralashmasidan biroz solamiz. Ustidan kabachka bo‘laklarini teramiz, tuz va murch sepamiz.
Keyingi qatlam – kartoshka. So‘ngra pomidor qatlamini joylaymiz. Agar forma baland bo‘lsa, qatlamlarni yana bir marta takrorlash mumkin.

6. Smetana quyamiz.
Smetanani 100 ml suv bilan aralashtirib, sabzavotlar ustiga quyamiz.
Idishni folga yoki qopqoq bilan yopib, 180–200°C da 30–40 daqiqa pishiramiz.

7. Pishloq qo‘shamiz.
Pishirish tugashidan 5 daqiqa oldin ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepib, yana mikroto‘lqinli pechga qo‘yamiz.

8. Taom tayyor!
Issiq holda, ustiga yangi ko‘kat sepib dasturxonga torting.

Shuningdek