Kinotavsiya: «Guchchi uyi» — qudrat, xiyonat va hashamat fonidagi oilaviy drama

20-noyabr 2025 17:34 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: «Gucci uyi» — qudrat, xiyonat va hashamat fonidagi oilaviy drama
Kinotavsiya: «Gucci uyi» — qudrat, xiyonat va hashamat fonidagi oilaviy drama / Foto: ijtimoiy tarmoq

«Guchchi uyi» (House of Gucci) Ridli Skott tomonidan suratga olingan kriminal drama. U mashhur Gucci modalar uyining ichki mojarolari va haqiqiy voqealarga asoslangan fojiali tarixini hikoya qiladi.

Film Sara Gay Fordenning «The house of Gucci: a sensational story of murder, madness, glamour and greed» nomli kitobidan moslashtirilgan. Syujet markazida Mauritsio Guchchi va Patritsiya Rejani o‘rtasidagi munosabatlar turadi.

Oddiy hayotdan chiqqan, lekin ambitsiyalari katta Patritsiya nufuzli Guchchi sulolasiga kirib boradi, asta-sekin oilaning ichki siyosatiga aralashib, Mauritsioni hokimiyat zinasiga ko‘taradi. Ammo biznesdagi mojarolar, oilaviy raqobat va ishonchsizlik ularning hayotini izdan chiqaradi.

Mauritsioning Patritsiya bilan ajralishi esa fojiali oqibatlarga olib keladi va aynan shu voqea filmning kulminatsiyasini tashkil qiladi.

Filmda Patritsiya Reja rolini Ledi Gaga nihoyatda kuchli dramatik ijro bilan talqin qiladi. Mauritsio Guchchi obrazida Adam Drayver, shuningdek, Al Pachino, Jared Leto, Salma Hayek kabi yirik aktyorlar hikoyaga o‘ziga xos rang qo‘shadi.

«Guchchi uyi» nafaqat moda imperiyasining qulash jarayonini, balki insoniy ochko‘zlik, shon-shuhratga intilish, oilaviy hukmronlik va sevgi bilan xiyonat o‘rtasidagi o‘tkir ziddiyatlarni ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Moneyball» filmi haqida ma’lumot bergandi.

Shuningdek