Lada Iskra avtomobilining dizayni qanday shakllangan — foto

20-noyabr 2025 11:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: AvtoVaz

AutoVAZ tomonidan yangi Lada Iskra va Iskra SW Cross modellarining ilk dizayn eskizlari e’lon qilindi. Bu haqda Autonews xabar bermoqda.

Rasmlar avtomobilning konsepsiyasidan tortib, hozirgi seriyaviy ko‘rinishigacha bo‘lgan bosqichlarini ko‘rsatadi. Materiallarda tashqi dizayn g‘oyalari, salon yechimlari va Iskra SW Cross’ning o‘ziga xos jihatlari aks etgan.

AutoVAZ izohiga ko‘ra, dastlabki renderlarda ko‘rinib turgan asosiy stil elementlari yakuniy mahsulotda deyarli to‘liq saqlab qolingan. Eskizlarda orqa chiroqlar Lada X-Code kontsepti uslubiga yaqin bo‘lgani ko‘rinadi. Shuningdek, Iskra SW Cross panjarali panoramali tom bilan tasvirlangan, ammo bunday opsiya seriya modelida mavjud emas. Panoramali tom hozircha faqat Lada Azimut uchun rejalashtirilgan.

Foto: AvtoVaz

Interyer esa chizmadan deyarli o‘zgarmagan holda ishlab chiqarishga o‘tgan. Faqat asboblar paneli ustidagi chuqurlik dastlab proyeksion ekran uchun mo‘ljallangani taxmin qilinmoqda.

Yangi eskizlar Lada Iskra dizaynining qanday bosqichlardan o‘tganini aniq va ravshan ko‘rsatib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Lada Vesta SW Cross avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek