Yangiliklar

O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi, Meta jarimaga tortildi, Alisher Usmonov sudda yutib chiqdi, Qozog‘istonda virusli infeksiya — 20-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar jamlandi
ВВП Узбекистана
20-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: Maria Baranova / Unsplash
Uy-joy
O‘zbekistonda 2040-yilgacha uy-joy qurilishi hajmi ikki baravar oshiriladi / Foto: Sun’iy intellekt

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etiladi

Prezidentning yangi farmoni bilan O‘zbekistonda uy-joy sohasini 2040-yilgacha barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyalar belgilab berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: BBC

«JCh – 2026» saralash bosqichining o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi

Syurix shahrida 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Yevropa mintaqasidagi o‘tish o‘yinlarida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Ular orasida saralash guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan Italiya, Ukraina, Kosova, Polsha, Daniya, Turkiya, Uels, Slovakiya, Chexiya, Albaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Irlandiya bor.

Ispaniya sudi Meta’ni 552 million dollar jarimaga tortdi / Foto: Mexem.com

Ispaniya sudi Meta’ni 552 million dollar jarimaga tortdi

Ispaniya sudi Meta kompaniyasini raqobat qoidalarini buzgani va Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish reglamentiga rioya qilmagani uchun $552 million jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Turizm uchun olib kelinadigan avtobus va elektrobuslar bojxona bojidan ozod etiladi
Turizm uchun olib kelinadigan avtobus va elektrobuslar bojxona bojidan ozod etiladi / Foto: tashkentcitytour.uz

Turizm uchun olib kelinadigan avtobus va elektrobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini tezkor va samarali boshqarish bo‘yicha yangi qaror imzoladi.

Foto: Vocal Media

Ilon Maskning yillik daromadi AQShdagi maktab o‘qituvchilarining umumiy maoshidan oshib ketadi

Tesla kompaniyasining kompensatsion paketi tufayli Ilon Maskning kelgusi o‘n yillikdagi daromadi yiliga o‘rtacha $100 milliardni tashkil qiladi. Bu haqda The Washington Post’ning yangi hisob-kitoblari e’lon qilindi.

Foto: Expert Clinica

Qozog‘istonda 183 ming kishi virusli infeksiya bilan kasallandi

Qozog‘istonda bir hafta ichida 183 ming nafar fuqaro O‘RVI (o‘tkir respiratorli virusli infeksiya) bilan kasallandi. Bu haqda mamlakatning sog‘liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova ma’lumotiga tayanib Kursiv Media xabar berdi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston FIFA reytingida 5 pog‘ona yuqoriladi

19-noyabr kuni FIFA terma jamoalar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 5 pog‘ona ko‘tarilib, 50-o‘ringa ko‘tarildi. Xalqaro o‘rtoqlik turnirida chempion bo‘lib, ishonchli o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston termasi 1462 ball to‘plab, 50-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston musobaqa yarim finalida Misrni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda esa Eron terma jamoasidan penaltilar seriyasida ustun kelgan edi.

Gamburg sudi Usmanov va singlisiga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb topdi
Gamburg sudi Usmanov va singlisiga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb topdi / Foto: Reuters

Gamburg sudi Usmanov va singlisiga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb topdi

Gamburg ma’muriy-hududiy sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmanov foydasiga qaror chiqardi, u Germaniya fuqarosi bilan bo‘lgan ishda g‘alaba qozondi. Bu haqda TASS nashri ma’lum qildi.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Mielenkaari

Elektr energiyasi narxi qaysi vaqtlarda yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda I tarif guruhi iste’molchilari uchun elektr energiyasi sutka vaqtiga qarab uch xil narxda hisoblanadi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lumot berdi.