Yangiliklar

O‘zbekiston hududi bir oyda 422 ming tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi

95 mingdan ortiq mahallalar hududi va 60 mingdan ziyod jamoat joylari tozalandi
O‘zbekiston hududi bir oyda 422 ming tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi
O‘zbekiston hududi bir oyda 422 ming tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi / Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston hududi bir oyda 422 ming tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 15-oktabrdan 15-noyabrgacha bo‘lgan davrda respublika bo‘ylab 422,4 ming tonna chiqindi yig‘ilib, olib chiqildi. Shu vaqt ichida 95,2 mingdan ortiq mahallalar hududi va 60,6 mingdan ziyod jamoat joylari tozalandi.

Shuningdek, obodonlashtirish ishlariga sanitar tozalash xizmati va boshqa sohalardan jami 368,8 ming nafar xodim jalb qilindi. 66,3 mingdan ortiq maxsus texnika vositalari ham ishladi.

Bir oy davomida prokuratura, ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va ekologik nazorat xodimlari tomonidan 448 mingta huquqbuzarlik aniqlanib, choralar ko‘rildi.

Avvalroq Ekologiya vazirligi 2025-yilning yanvar oyidan noyabrigacha O‘zbekistonda chiqindilarni belgilangan joyga tashlamaslik bilan bog‘liq 9,8 ming huquqbuzarlik qayd etilganini bildirgandi.

Qayd etilgan huquqbuzarliklardan 3,7 mingtasida chiqindi transport vositalaridan tashlangan. Vazirlikka ko‘ra, 2,2 ming holat bo‘yicha jami 956,9 mln so‘m miqdorida jarimalar belgilandi. Qolgan 7,6 ming holat bo‘yicha chora ko‘rilmoqda.