
Porsche kompaniyasi kuchli elektr Cayenne modelini taqdim etdi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.

Cayenne Turbo Electric 1156 ot kuchi va 1500 N·m momentga ega, Launch Control rejimida 0 – 100 km/soatga 2,5 soniyada tezlashadi. Modelning AQShdagi narxi $163 mingni tashkil etadi. Ilk yetkazib berishlar 2026-yil yoz oylarida rejalashtirilgan.

Bazaviy Cayenne Electric 408 ot kuchi bilan 0 – 100 km/soatga 4,8 soniyada tezlashadi, Turbo Electric esa odatdagi rejimda 857 ot kuchiga, Launch Control bilan 1156 ot kuchiga ega. Ikkala versiya ham 113 kV·soat batareya bilan jihozlangan. 400 kVt quvvat bilan zaryadlash 16 daqiqada 10 – 80% zaryad beradi, 10 daqiqada 315 – 325 km masofa qoplash mumkin.


Model PPE platformasida qurilgan, to‘liq boshqariladigan shassi va adaptiv havoli suspenziya PASM bilan jihozlangan, 3,5 tonnagacha treyler torta oladi. O‘lchamlari 4985×1980×1674 mm, g‘ildirak bazasi 3023 mm.ni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha jihozlar sifatida tanani isitish, orqa o‘rindiqlarni elektr bilan sozlash, panoramali tom oynasi va sun’iy intellektli ovozli yordamchi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Porsche Macan GTS modelini taqdim etgan edi.