Yangiliklar

Poytaxt bozorlaridagi avtoturargohlar narxi oshirilishi bo‘yicha hokimlik tushuntirish berdi

Toshkent shahar hokimligi avtoturargoh to‘lovlari bo‘yicha yangi tartibni tasdiqladi
Poytaxt bozorlaridagi avtoturargohlar narxi e’lon qilindi
Poytaxt bozorlaridagi avtoturargohlar narxi oshirilishi bo‘yicha hokimlik tushuntirish berdi / Foto: depositphotos

Poytaxt bozorlaridagi avtoturargohlar narxi oshirilishi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tushuntirish berdi. Unga ko‘ra, Munitsipal aktivlarni boshqarish korxonasi bozor avtoturargohlarida mashinalarning haqiqiy turish vaqtini o‘rgandi.

Tahlil natijasiga ko‘ra, xaridorlarning aksariyatiga xarid qilish uchun ikki soatgacha vaqt yetarli ekani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli dastlabki ikki soat uchun to‘lov miqdori o‘zgartirilmadi.

«Ikki soatdan ortiq qolish, odatda, bozor xodimlari, savdogarlar va faoliyati bozor hududi yoki unga tutash hududga bog‘liq bo‘lgan shaxslarga xos. Yangilangan tariflar, asosan, ushbu toifadagi foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadi, oddiy xaridorlarga emas», – deyiladi xabarda.

Hokimlikka ko‘ra, narxlarning yangilanishi avtoturargohlarni tartibga solish, dam olish kunlarida yuklamani kamaytirish va bo‘sh joylarni tezroq aylanishini ta’minlashga qaratilgan.

Bozorlardagi avtoturargohlar narxi

Hokimlik qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi bozor va savdo komplekslaridagi avtoturargohlar narxi avtomobil turi va qancha vaqt turishiga qarab quyidagicha belgilandi:

Yengil avtomobillar uchun
(dushanba – juma kunlari) vaqt
Narx
20 minutgacha5 000 so‘m
40 minutgacha7 000 so‘m
1 soatgacha8 000 so‘m
2 soatgacha9 000 so‘m
3 soatgacha10 000 so‘m
4 soatgacha14 000 so‘m
4 soat va undan ortiq15 000 so‘m
Yengil avtomobillar uchun
(shanba – yakshanba kunlari)
Narx
20 minutgacha5 000 so‘m
40 minutgacha7 000 so‘m
1 soatgacha8 000 so‘m
2 soatgacha9 000 so‘m
3 soatgacha25 000 so‘m
4 soatgacha35 000 so‘m
4 soat va undan ortiq50 000 so‘m
Yuk avtomobillari uchunNarx
20 minutgacha7 000 so‘m
40 minutgacha9 000 so‘m
1 soatgacha10 000 so‘m
2 soatgacha11 000 so‘m
3 soatgacha12 000 so‘m
4 soatgacha14 000 so‘m
4 soat va undan ortiq18 000 so‘m

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi bozorlarda reklama roliklari, kliplar yoki istalgan tijoriy kontent tayyorlash uchun olib boriladigan foto/video suratga olish ishlari soatiga 5 mln so‘m qilib belgilangan. Xorijiy turistlar va OAV vakillari ushbu to‘lovdan istisno qilingan. Ular uchun suratga olish bepul bo‘lib qoladi.