Toyota Corolla 2025 yangicha dizayn bilan taqdim etiladi — foto

20-noyabr 2025 11:22 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Toyota Corolla 2025 yangicha dizayn va quvvat bilan taqdim etiladi / Foto: Authohome

Toyota yangilangan Toyota Corolla modelini namoyish etdi. Bu haqda Autohome texnonashri ma’lum qildi.

Foto: Autohome

Avtomobilning old qismi butunlay yangi dizaynga ega bo‘lib, hozirgi Camry va Prius modellari uslubida yaratilgan. Orqa qismda o‘zgarishlar kam: avtomobil benzinni va gibrid versiyalarga mos qoraytirilgan orqa chiroqlarni saqlab qoldi. Yangilangan Corolla uzunligi 4710 mm, eni 1780 mm, balandligi 1435 mm, g‘ildiraklar orasidagi masofa esa 2750 mm. Bagaj hajmi 470 litrni tashkil qiladi. Avtomobilga 17 dyuymli g‘ildirak disklar va ochiladigan tom oynasi kabi qo‘shimcha xususiyatlar ham o‘rnatiladi.

Foto: Autohome

Salonda 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,9 dyuymli media tizimi mavjud. Bazaviy versiyada ham Toyota Pilot haydovchiga yordam beruvchi tizimlar to‘plami bilan jihozlangan. Quvvat tizimi ikki versiyadan iborat: gibrid model 1,8 litrli atmosferik dvigatelga ega bo‘lib, 98 ot kuchi ishlab chiqaradi, benzinli versiyada esa 2,0 litrli dvigatel o‘rnatilgan va quvvati 171 ot kuchiga teng.

Foto: Autohome

Yangi Toyota Corolla’ning Xitoy bozoridagi sotuvlari dekabr oyida boshlanadi va o‘sha vaqti narxlari ham e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota yangi Land Cruiser Pickup’ni taqdim etgan edi.

Shuningdek