Yangiliklar

Turkiya maktab darsliklariga Markaziy Osiyo o‘rniga Turkiston atamasi kiritildi

Tarixiy nomni qayta kiritish o‘quv dasturining mazmunini boyitadi
Foto: Unsplash

Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tomonidan maktab dasturiga o‘zgartirish kiritilib, Markaziy Osiyo atamasi o‘rniga Turkiston tushunchasi qo‘llay boshlandi. Bu haqda Turkish Minute xabar berdi.

Vazir Yusuf Tekin bu qaror turk dunyosida birlikni mustahkamlash uchun qabul qilinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab dasturidan imperiyaga oid ma’nolarni beruvchi geografik nomlar chiqarilmoqda.

Vazirlikning fikricha, tarixiy nomni qayta kiritish o‘quv dasturining mazmunini boyitadi va turk xalqlari o‘rtasidagi umumiylikni kuchaytiradi.

Rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Turkiston – XIX asrgacha qo‘llanilgan tarixiy nom bo‘lib, turkiy tilli xalqlar yashagan hududlarni anglatgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘ona viloyati va Turkiya o‘rtasida $679,5 millionlik kelishuvlar imzolangani haqida yozgan edi.