Gadjetlar

Xiaomi Poco F8 va F8 Ultra kuchli batareya bilan taqdim etildi

Protsessori ham yangilanadi
Xiaomi Poco F8 va F8 Ultra kuchli batareya bilan taqdim etildi / Foto:

Xiaomi yangi Poco F8 seriyasini 2025-yil oxirigacha joriy Poco F7 Pro va F7 Ultra modellari o‘rniga chiqaradi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, F8 Pro Snapdragon 8 Elite protsessoridan, F8 Ultra esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoridan foydalanadi. F8 Ultra standart testlarda F8 Pro’dan taxminan 4,5 soat ko‘proq ishlay oladi. Telefon K90 Pro Max’dan biroz og‘irroq bo‘lib, bu kuchliroq sovitish tizimi yoki mustahkam korpusdan dalolat beradi.

F8 Ultra 6500 mAs sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, simli zaryadlash quvvati 100 Vt, simsiz zaryadlash quvvati esa 50 Vtni tashkil etadi. Kamerasi uchta 50 megapikselli moduldan iborat: keng burchakli va 5 barobar optik zoom modullari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poco M7 Plus taqdim etilishi haqida yozgan edik.