Yevropada yadro qurolini joylashtirish taklifi ilgari surildi

eʼlon qilindi
Airbus rahbari Rossiyaning "Iskander" raketalariga javoban yadroviy tiyib turish dasturini taklif qildi
Foto: BBC

Airbus direktorlar kengashi raisi Rene Oberman Yevropa davlatlarini Rossiyaning raketalariga javoban taktik yadro quroliga ega bo‘lishga chaqirdi.

Oberman o‘z nutqida Rossiya Yevropaga ochiq tahdid solayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaliningrad va Belarus hududida joylashtirilgan «Iskander» raketalari mintaqa xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

«Bizning Axilles tovonimiz (zaif nuqtamiz — tahr.) shundaki, Rossiya bizga ochiqchasiga tahdid solmoqda: bu Kaliningradda, shundoqqina ostonamizda joylashtirilgan “Iskander» raketalaridagi 500 dan ortiq taktik yadroviy jangovar kallaklardir”, — dedi Airbus rahbari.

Foto: RBK

Ushbu tahdidga qarshi turish uchun Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar Rossiyani yadroviy tiyib turish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqishi kerakligi aytildi. Obermanning fikricha, mavjud mudofaa choralari yetarli emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Airbus’dan yangi Flexrotor uchuvchisiz tizimlarini xarid qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek