
Apple OLED LTPO o‘rniga yangi HMO displeylarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda WCCF Tech xabar bermoqda. Texnologiya High Mobility Oxide deb ataladi. U energiyani kam iste’mol qiladi.
Samsung HMO displeylarini ommaviy ishlab chiqarishga tayyor. Shuning uchun Apple bu texnologiyani kutganidan ham erta qo‘llashi mumkin.
Axborotlarga ko‘ra, Apple Samsung bilan eksklyuziv kelishuv tuzgan.
HMO displeylari elektr signallarini tezroq qayta ishlaydi. Bu telefonning javob berish tezligini oshiradi. Energiya sarfi ham kamayadi. Ishlab chiqarish narxi arzonroq bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois Apple uchun ham, boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham foydali.
Yangi HMO ekranlar iPhone 18 Pro va iPhone Fold modellarida paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple iPhone uchun sensorli g‘iloflar ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.